Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Angren akademik litseyida kafedra filial mudirlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 26 noyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Angren akademik litseyida kafedra filial mudirlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Universitet professor-o‘qituvchilari akademik litseyda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, fizika, matematika, ximiya fanlari bo‘yicha ochiq darslarda ishtirok etdilar. O‘quv-seminar davomida dars tahlillari muhokama qilindi, taklif va mulohazalar bildirildi. O‘quv-seminar qiziqarli, jonli tarzda bo‘lib o‘tdi.