ASSALOM NAVRO`Z MAMLAKATIMIZ BO'YLAB NAVRO'Z SAYILLARI BO'LIB O'TMOQDA

ASSAMOM NAVRO`Z MAMLAKATIMIZ BO'YLAB NAVRO'Z SAYILLARI BO'LIB O'TMOQDA

Tafsilot

Qisqacha

ASSAMOM NAVRO`Z MAMLAKATIMIZ BO'YLAB NAVRO'Z SAYILLARI BO'LIB O'TMOQDA

Batafsil

Termiz davlat universitetining Termiz pedagogika instituti professor-o`qituvchi va talabalari Termiz tumanida joylashgan Otchopar majmuasida Surxondaryo viloyati Navro`z bayramida ishtirok etdi Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari – qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlariga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz – yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, boʻy qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik koʻrishgan. Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko'ngillar ko'klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo'jizaviy uyg'unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg'os gullagan bog'lar kapalak va bolarilarga oshyon bo'ldi. Quyoshning qaynoq taftini sog'ingan maysalar ko'zni quvnatib, ko'kka bo'y cho'zadi. Butun borliqda uyg'onish, yangilanish, yasharish manzaralari. Borliqdagi uyg'onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to'kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro'zi olam kelganidan darak beradi. Yurtimiz tinch. Osmonimiz musaffo. Bir dunyo orzular bilan ertani kutib, kelajakka ishonib, to'yu-tomoshalar qilish, yangi uy-joylar solish, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish niyatida yashayotgan xalqimiz "Xush kelibsan o'lkamizga, Navro'zi olam, qadaming qutlug' bo'lsin! Yurtimizdagi tinchlik-omonlikka ko'z tegmasin!" deb Navro'zga peshvoz chiqmoqda..

Mavzuga oid