2021 YILDA – ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi

Batafsil

Har yili 9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavallud sanasi bayramona tarzda nishonlanishi yaxshi an'anaga aylangan. Joriy yilda esa ushbu qutlug' sana yanada ko'tarinkilik, o'zgacha shukuh bilan, adabiyot, ma'naviyat, ilm-ma'rifat, do'stlik ayyomi sifatida o'tkazilmoqda. Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafaakir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag'ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o'tkazib kelinadi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunnu yodidan chiqarmaydi. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha o’tkazildi. Alisher Navoiy Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni – «Badoye ul–bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472–1476 yillarda oʻzi kitob qildi. 1485–1486–yillarda ikkinchi devon – «Navodir un–nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482–yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi.

Mavzuga oid