NAVOIYXONLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

NAVOIYXONLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Tafsilot

Qisqacha

NAVOIYXONLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Batafsil

Har yilning fevral oyi mamlakatimizda Navoiyni o‘rganish oyligi sifatida o‘tadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, ayni shu oyda ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda navoiyxonlik tadbirlari, adababiy va badiiy kechalar o‘tkaziladi. Shunday tadbirlardan biri Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ham bo`lib o`tdi.Unda Filialning TABIIY VA ANIQ FANLAR FAKULTETI talabalari hamda mehmon sifatida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining talabalari , professor o`qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Mir Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va g‘azallar o‘qildi, uning shoir va davlat arbobi sifatida bosib o‘tgan yo‘li, qilgan ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar o‘qib eshittirildi hamda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan sahnaviy ko`rinishlar mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi talabalarining Mir Alisher Navoiyning ijodiga bo`lgan hurmati ularning fikrlari yig`ilganlarda katta ta`surot qoldirdi.

Mavzuga oid