``OILA MUQADDAS DARGOH``

``OILA MUQADDAS DARGOH``

Tafsilot

Qisqacha

``OILA MUQADDAS DARGOH``

Batafsil

2 fevral kuni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Respublika ``Nuroniylar jamg`armasi`` raisi o`rinbosari Musayeva Nodira Maxmudovna, Termiz shahridagi ``Buvujonlar maktabi`` rahbari Gulyakova Robiya Hasanovna ishtirokida filialning bir guruh talabalari hamda profssor-o‘qituvchilar ishtirokida ``Oila muqaddas dargoh`` mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda, xotin-qizlarining oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy hayotda ayollarning ishtirokini yanada faollashtirishga qaratilgan Davlat siyosatini amalga oshirishdagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Bugungi kunda Qo‘llab-quvvatlash, g‘amxo‘rlik. Bunday hurmatdan ruhlangan xotin qizlar barcha sohalarda samrali yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda. Quvonarlisi, salmoqli natijalarni qo‘lga kiritib, yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishni maqsad qilgan talaba qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Bir so‘z bilan aytganda bugun ayollar ham jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Qay soha bo‘lmasin ularning barcha orzu-havaslari ro‘yobga chiqmoqda, intilishlari qo‘llab-quvvatlanayapti. Zero qaysi mamlakatda ayollarga e’zoz, ehtirom ko‘rsatilar ekan, ana shu yurt har tomonlama rivoj topadi.

Mavzuga oid