DIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI!

DIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI!

Tafsilot

Qisqacha

DIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI!

Batafsil

Bugun Nizomiy nomidagi TDPU termiz filiali faollar zalida DIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda filial talabalari hamda professor- o`qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda filial direktori Q.Baymirov bugungi kunda mamlakatimiz yoshlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, fan va taʼlim integratsiyasida yoshlarning tutgan oʼrni masalalari xususida oʼz fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlarning maqsad va intilishlari, takliflari bilan qiziqdi Hamda Prezidentimizning yoshlarga bildirgan fikrlari, endilikda yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi o’zgarishlar, aynan 2021 yilning Respublikamizda “Yoshlarni qo’llab quvvaatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deya nomlanishi haqida ham alohida to’xtalib o’tdi. Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar. Bugungi tadbirni noodatiy tashkil etilganidan maqsad ham yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, kerak bo‘lsa ular bilan birga orzu qilishdir. Jamiyatimizga o‘zgacha yondashuvga ega, salohiyati baland va yangicha fikrlaydigan yoshlar kerak. Biz bu davradan ana shunday yoshlarimizni topamiz dedi filial direktori o`z so`zida. Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi hamda o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi. Koʼtarinki ruhda oʼtgan uchrashuvda bunday muloqotlarni doimiy davom ettirishga kelishib olindi.