“YANGI O‘ZBEKISTONNI BILIMLI VA BUNYODKOR YOSHLARIMIZ BILAN BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”

“YANGI O‘ZBEKISTONNI BILIMLI VA BUNYODKOR YOSHLARIMIZ BILAN BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”

Tafsilot

Qisqacha

“YANGI O‘ZBEKISTONNI BILIMLI VA BUNYODKOR YOSHLARIMIZ BILAN BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”

Batafsil

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz” mavzusida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialida davra suxbati tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirda, partiyaning viloyat kengashi raisi, xotin qizlar va yoshlarning siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar boshqarmasi boshlig‘i hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali professor o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar, Prezidentimizning oliy majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida bildirilgan fikrlar yuzasidan yig‘ilganlarga keng tushunchalar berdi. Shuningdek, murojaatnomada yoshlarga qaratilayotgan juda ko‘plab imtiyolar jumladan, Oliy ta’lim muassasalari sifati va qamrovi oshirilishi, Davlat grantlari 25 foizga ortishi, Oliy Ta’lim Muassasalarida ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonining 2 barobarga ko‘paytirilib, 200 mingtaga yetkazilishini alohida ta’kidladi. Quvonarlisi, yurtimiz yoshlari zamon bilan hamnafas. Ularning o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi bir muddat bo‘lsada, susaygani yo‘q. Bu intilish ularni salmoqli natijalarga erishishlari, dunyo hamjamiyatida ham munosib o‘rin egallashlariga xizmat qiladi.

Mavzuga oid