30 IYUN – “YOSHLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN PEDAGOGIKA FANLARI NOMZODI, DOTSENT – TDPU TERMIZ FILIALI DIREKTORI BAYMIROV QAYUM SHAYIMOVICHNING YOSHLARGA TABRIGI

Assalomu alaykum qadrli va shijoatli talabalar - yoshlar!

Tafsilot

Qisqacha

Assalomu alaykum qadrli va shijoatli talabalar - yoshlar!

Batafsil

Assalomu alaykum qadrli va shijoatli talabalar - yoshlar! Sizlarni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali jamoasi va professor-o‘qituvchilari nomidan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Hozirda Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 2058 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Pandemiya sharoitida talabalarimizning uzluksiz ta’lim olishlari uchun talaba-tf.tdpu.uz elektron platformasi ishga tushurildi. 2019/2020 o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilarimiz, shu jumladan yosh, izlanuvchan pedagog kadrlarimiz ilmiy mavzularini o‘rnatilgan tartibda tanlab olishib, Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etishdi. Shu bilan birga faol, iqtidorli talabalarimiz bir qancha ko‘rik-tanlov, ilmiy-nazariy konferensiya va olimpiadalarda faol qatnashishdi. Shuningdek, 200 tadan ortiq ilmiy maqolalar jamoamiz nomidan nashr bo‘lganligi barchamizni jozibali to‘lqinlantiradi va mehr bilan sevintiradi. Mamlakatimizning ta’lim-tarbiya sohasi olib borayotgan islohotlari Siz aziz talaba-yoshlarimizni samarali mehnat qilishingiz va sifatli ta’lim olishingiz, chet tillarni mukammal egallashingiz hamda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan malakali pedagog kadr bo‘lib yetishingizga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egaligini chin qalban his qilishingizni tilab qolaman. Doim o‘z ustingizda ishlash va samarali mehnat qilishda hech qachon charchamang. Ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘zingiz, oila a’zolaringiz va mahallangizni asrash hamda karantin sharoitlariga to‘liq rioya etishda jonbozlik va mas’uliyat ko‘rsatishingizni iltimos qilib so‘rayman. O‘zbekiston davlati faxrlanadigan va ishonadigan munosib farzand bo‘lish baxti har biringizga nasib etsin! Bu yo‘lda doim ilmiy va ijodiy izlanishda bo‘ling! Juda-juda e’tiborli bo‘ling! Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanib, o‘zingiz uchun mazmunli hamda sifatli kelajak shakllantirishga intiling. Ushbu yo‘lda malakali professor-o‘qituvchilar jamoasidan unumli foydalaning! “Yoshlar – kuni” bayrami bilan jamoamiz nomidan katta hurmat ila yana bir bor muborakbod etaman.

Mavzuga oid