OLAM GO’ZALLIGI AYOLDA MUJASSAM

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakultetida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olam go’zalligi ayolda mujassam” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakultetida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olam go’zalligi ayolda mujassam” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Batafsil

Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar. Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveytsariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar. 1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferentsiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatiga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.