LIDER QIZLAR BIRINCHI RESPUBLIKA FESTIVALI

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Lider qizlar birinchi Respublika festivalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Rus tili va adabiyoti 203-guruh talabasi Xo‘jamberdieva Guliruhsor Rustam qizi faol ishtirok etib qaytdi

Tafsilot

Qisqacha

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Lider qizlar birinchi Respublika festivalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Rus tili va adabiyoti 203-guruh talabasi Xo‘jamberdieva Guliruhsor Rustam qizi faol ishtirok etib qaytdi

Batafsil

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Lider qizlar birinchi Respublika festivalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Rus tili va adabiyoti 203-guruh talabasi Xo‘jamberdieva Guliruhsor Rustam qizi faol ishtirok etib qaytdi. Festivalda ishtirok etish uchun Respublika miqyosida 852 nafar qizlar o‘z hujjatlarini taqdim etishdi. Ular orasidan yesa 105 nafar lider qizlar saralash bosqichidan o‘tib Respublika bosqichida ishtirok yetishni qo‘lga kiritishdi. Festival avvalida lider qizlar bahorning ilk kunida tavallud topgan o‘zbek adabiyot gulshanining mudom yashnab turuvchi guli, asl o‘zbek ayoli timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonimning 105 yilligi munosabati bilan adibaning qabrini ziyorat qilish bilan kunni boshlashdi. So‘ngra milliy liboslar bilan bezangan gullar bahor tarovati taftini Toshkent ko‘chalarini piyoda kezib butun shaharga tarqatishdi. So‘ngra festival Toshkent shahar Yoshlar Ittifoqi markazida davom etdi. Markazda lider qizlar o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalarini himoya qilishdi. Festivalning yeng qiziq va jo‘shqin qismi spikerlar tomonidan berilgan tafsiyalar bilan boshlandi. Ushbu spikerlar yesa O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan Lider ayollari yedilar. Jumladan O‘zbekiston psixologlar assosatsiyasi a’zosi Isakova Shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Guljamol Asqarova, yosh tadqiqotchi, bioximik Berdieva Dilnavoz, besh tilda mukammal bilgan tarjimon Sabirova Kamola hamda butun O‘zbegim qizlariga ona hisoblangan Jamila ona Shermuhammedovalarning tavsiyalari juda yesda qolarli bo‘ldi. Festival davomida Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi. Iqtidorli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Festival so‘nggida lider qizlarimiz Sertifikat hamda yesdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu festival butun Respublikadan tashrif buyurgan Lider qizlarimiz yanada motivatsiya olib qaytishdi.

Mavzuga oid