ALISHER NAVOIY IJODI – MILLIY MA’NAVIY XAZINAMIZ

Yoshlar Markazi zalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tamonidan g‘azal mulkining sultoni Xazrat Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Alisher navoiy ijodi – milliy ma’naviy xazinamiz” nomli adabiy-badiiy bayram tadbiri namoish etildi.

Tafsilot

Qisqacha

Yoshlar Markazi zalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tamonidan g‘azal mulkining sultoni Xazrat Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Alisher navoiy ijodi – milliy ma’naviy xazinamiz” nomli adabiy-badiiy bayram tadbiri namoish etildi.

Batafsil

2020 yil 7 fevral kuni viloyat Yoshlar Markazi zalida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tamonidan g‘azal mulkining sultoni Xazrat Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Alisher navoiy ijodi – milliy ma’naviy xazinamiz” nomli adabiy-badiiy bayram tadbiri namoish etildi. Tadbirni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori pedagogika fanlari nomzodi, dotsent – Qayum Shaimovich Baymirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug‘ donishmand, davlat arbobi, o‘z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi, mohir xattot va dunyoga tanilgan komil inson – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavulludini keng nishonlash odat tusiga kirib ulgurdi. Har yili 9 fevralni xalqimiz zo‘r iftixor bilan kutib oladi. Navoiy ijodida ilm-fanning ifoda etilishi to‘g‘risida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i – M.Ollomurodov. ma’ruza qildi. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari va Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarining o‘zlarining chiqishlarini namoish etdilar. Dastab, talabalar Xazrat Alisher Navoiyning o‘lmas g‘azallaridan namunalar keltirib, yig‘ilganlarni hushnud etdilar. Shundan so‘ng, Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarining “Dutorchi qizlar”i tamonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti talabalari tamonidan Xazrat Alisher Navoiyning hayotini yoritib beruvchi sahna asarlari namoish etildi. Navoiy obrazi va o‘sha davr muhitini yoritib beruvchi liboslar sahna asarini yanada jonli va ta’sirchan bo‘lishini ta’minladi. Talabalar tamonidan jonli ijroda aytilgan kuy-qo‘shiqlar bilan tadbir nihoyasiga yetdi.

Mavzuga oid