BESH TASHABBUS-BESH IMKON

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Besh tashabbus-besh imkon” shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazdilar

Tafsilot

Qisqacha

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Besh tashabbus-besh imkon” shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazdilar

Batafsil

“Tabiiy va aniq fanlar” fakulteti Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 203 guruh talabalari va guruh murabbiyi N.Panjieva bilan birgalikda Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusdan birinchi tashabbus “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan” ijrosi bo‘yicha joriy yilning 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Barkamol avlod bolalar ijodiyot uyida bo‘lib, o‘tgan “Besh tashabbus-besh imkon” shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazdilar. Tadbirni fakultet dekani F.Z. Xasanov so‘zga chiqib, tantanali ravishda ochib berdi. Rassomchilik va raqs yo‘nalishi bo‘yicha iste’dodlarni namoyon qilish uchun yoshlar orasida tanlovlar o‘tkazildi. Rus tili 203 guruh talabalari tomonidan she’rxonlik badiiy-ijodiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. Tanlov jarayonida tomoshabinlar uchun qiziqarli shartlar o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yosh iqtidorlarni namoyon qilish, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish va guruh talabalarini ma’naviy ongini yanada boyitish edi. Tadbir so‘ngida fakultet dekani F.Xasanov tomonidan tanlov g‘oliblari fahriy yorliqlar va estalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.