YAXSHI DAM INSONGA HAMDAM

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalar turar joyida Respublikamizning turli hududlaridan talabalikka qabul qilingan talaba-yoshlarimizning shanba dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun filialimiz hududiga yaqin joyda o‘rnatilgan katta ekranli televizorda Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro hunarmandlar festivali namoyish etildi. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari va professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirni chin dildan a’lo kayfiyatda katta ekrandan ko‘rishdi. Tadbirni katta ekranda tomosha qilish uchun viloyatimiz aholilari ham jo‘r bo‘lishib haqiqiy festival filial xududida o‘tayotgandek xis qilishdi. Talabalarning tomosha qilishlari tadbir boshlanishi bilan kengaygan holda davom eta boshladi. Katta ekranda tadbirni tomosha qilgan aksariyat talabalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Buxora, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlaridan kelgan yoshlar hisoblanadi. Bu talabalarimiz talabalar turar joyida istiqomat qilishadi. Ko‘ring filialimiz talabalarining kayfiyatini! Shu kayfiyatdagi uzoq hududlardan kelgan, ayniqsa vodiylik, xorazmlik talabalarimizning o‘z hududlaridan chiqishlar bo‘lganda, hammani lol qoldirib raqs tushushlari kayfiyatni yanada ko‘tardi. Tadbir kayfiyati shunchalik ko‘tarilib ketdiki, filialimiz direktori Q.Baymirov ham huddi talabalardek bayram shukuxiga berilib ketdi. Talabalar bilan raqsga tushib xursandchiliklariga sherik bo‘ldi. Bu tadbir filialimiz talabalari uchun esda qolarli darajada o‘tdi.

Mavzuga oid