“GIYOHVANDLIK –ASR VABOSI” MAVZUSIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy tadbirda Bojxona Boshqarmasi inspektori, Bojxona xizmati katta leytenanti Sh.Axmadaliev tashrif buyurdi.Tadbirda bir qancha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Sh.Axmadaliev Hozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo‘lgan giyohvandlik haqida ma’ruza qildi. Hayotiy misollar, dalillar keltirib, bu illatga qarshi birgalashib kurashmoq lozimligini, buning uchun, albatta, yoshlar ma’nan yetuk va barkamol bo‘lishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalarga giyohvandlikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi taqdimotlar havola etildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan fikr almashdilar.