ODAM SAVDOSIGA HAYOTIMIZDA O‘RIN YO‘Q”, “O‘G‘RILIK JINOYATLARINING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida”Odam savdosiga hayotimizda o‘rin yo‘q”, “O‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha Surxondaryo viloyati idoralararo komissiyasi ishchi guruh a’zosi X.Allaev, Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimi A.Salomovlar tashrif buyurishdi. Filialning bir qancha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda mavzuga doir taqdimotlar, slaydlar havola etildi. Ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Odam savdosiga hayotimizda o‘rin yo‘q”, “O‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusi haqida tushuntirish ishlari olib borish orqali Odam savdosi davr muammosi ekanligi,O‘g‘rilik jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish lozimligi uqtirildi. Talaba-yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.