“TDPU TERMIZ FILIALI:NATIJA, JARAYON, ISTIQBOL”

“TDPU TERMIZ FILIALI:NATIJA, JARAYON, ISTIQBOL” mavzusidagi innovatsion tadbir

Tafsilot

Qisqacha

“TDPU TERMIZ FILIALI:NATIJA, JARAYON, ISTIQBOL” mavzusidagi innovatsion tadbir

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 11-mart kuni “TDPU Termiz filiali: natija, jarayon, istiqbol” mavzusida innovatsion tadbir va “Eng yaxshi logotip” tanlovi g‘olibini aniqlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni filial direktori Q.Sh.Baymirov ochib berdi. Innovatsion tadbirda 3ta kafedra o‘zaro bellashdi. Asosan, bellashuvda kafedralarning tarkibi, ilmiy salohiyati, bajarilgan ishlar taqdimot asosida yoritildi. Tadbir bahs-munozalarga boy tarzda o‘tdi. Kafedralarni baholash uchun hakamlar tayinlandi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan “Eng yaxshi logotip” g‘olibi aniqlandi. Logotip tanlovida 4 nafar kishi ishtirok etdi. G‘oliblik Boshlang‘ich ta’lim o‘qitish metodikasi kafedrasi 201 guruh talabasi Omonov Zulfiqorga nasib qildi va 1000 000 so‘m pul bilan taqdirlandi. Kafedralar yashirin ovoz berish yo‘li bilan baholandi. Eng yaxshi kafedra sifatida Matematika va informatika fanlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi baholandi. Innovatsion tadbir g‘oliblari televizor bilan taqdirlandi.