“Tinchlik-eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarlar o‘rtasida “Tinchlik-eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mazusida o‘tkazilgan ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarlar o‘rtasida “Tinchlik-eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mazusida o‘tkazilgan ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi “Tinchlik-eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusi bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zurur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidlab, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ham bu borada ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib keliniyotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida “Jaholat izlaganlar” filmi namoyish etildi. Shundan so‘ng so‘z navbatini Davlat xafsizlik xizmati mas’ul xodimi Bobur Raxmatovga berildi. Davlat xafsizlik xizmati mas’ul xodimi Bobur Raxmatovga o‘z so‘zida-Mamlakatimizda ta’limga, ayniqsa oliy ta’limga berilayotgan katta e’tibor, qolayversa vohamizda yoshlarning ilmga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida Toshkent shahridagi nufuzli bir nechta oliy ta’lim muassasalari filiallarining tashkil etilganligi bu kabi e’tiborning mevasi ekanligini, bu kabi e’tiborlar avvolo shu vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlardan biri ekanligi bunga javoban talaba-yoshlar eng avvalo ota-onalarimizni rozi qilmog‘imiz, ular istaganlaridek farzand bo‘lishi, har tomonlama puxta bilim olib mamlakatimizga sidqi-dildan xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi kerakligi haqida so‘zladi.

Mavzuga oid