Dunyoviylik-daxriylik emas

Angor tumani 15-umuiy o‘rta ta’lim maktabi joriy yilning 15 dekabr kuni

Tafsilot

Qisqacha

Angor tumani 15-umuiy o‘rta ta’lim maktabi joriy yilning 15 dekabr kuni

Batafsil

Angor tumani 15-umuiy o‘rta ta’lim maktabi joriy yilning 15 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’aniviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Dunyoviylik-daxriylik emas” mavzusida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda xozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, taraqqiyot va yuksalishlar haqida hamda olib borilayotgan to‘g‘ri siyosatning asosiy maqsadi haqida so‘z yuritildi. Shu o‘rinda o‘quvchi-yoshlarga xozirgi kunda forovonligimizni ko‘ra olmaydigan yovuz kuchlar muqqadas dinimizni ro‘kach qilib, ayniqsa yoshlarimizning ongiga noto‘g‘ri fikrlarni yot g‘oyalarni berib ularni yo‘ldan urayotganliklari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tildi. Har bir o‘quvchi-yoshni har doim sergak bo‘lishga, faqatgina yaxshi va a’lo baholarda o‘qib. Yurtimiz ravnaqi, kelajagi manfaati uchun fidoiy insonlar bo‘lib yetishlari kerakligi ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston barchamiz uchun muqqadas Vatan. Uni asrash, avaylash va yuksaklarga ko‘tarish barchamiz uchun xam burch, xam vazifa, xam majburiyatdir. Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Ablakulov

Mavzuga oid