Termiz shahridagi 12-umumiy o`rta ta’lim maktabida “Tanishuv amaliyoti”

Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi 102-guruh talabalari Termiz shahridagi 12-umumiy o`rta ta’lim maktabida “Tanishuv amaliyoti” da bo`ldilar.

Tafsilot

Qisqacha

Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi 102-guruh talabalari Termiz shahridagi 12-umumiy o`rta ta’lim maktabida “Tanishuv amaliyoti” da bo`ldilar.

Batafsil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang`ich ta`lim va aniq fanlar” kafedrasi o`qituvchisi Nazarova Zarrina rahbarligida Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi 102-guruh talabalari Termiz shahridagi 12-umumiy o`rta ta’lim maktabida “Tanishuv amaliyoti” da bo`ldilar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar Strategiyasi to`g`risidagi 2017-yil 17-fevraldagi PF-4947 sonli farmoniga ko`ra ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishi, ya`ni ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o`rta ta`lim sifatini yanada oshirish kabi qonunlarga muvofiq bugungi “Tanishuv amaliyoti” talabalarning ertangi pedagogik faoliyatiga qo`yilgan ilk qadamdir, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Mavzuga oid