1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari va o`qituvchilari ishtirokida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Rajabali Norquvvatov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari va o`qituvchilari ishtirokida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Rajabali Norquvvatov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Batafsil

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi O`zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi 3493-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining ijrosini ta`minlash maqsadida Surxondaryo viloyat hokimligining 2018 yil 13-aprel kuni №06-06/190-sonli hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan chora-tadbirlar rejasining 7 bandi ijrosi va “1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari va o`qituvchilari ishtirokida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Rajabali Norquvvatov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani Pedagogika fanlari nomzodi dotsent Qutlug-Bek Qodirov kirish so`zi bilan ochib berdi va so`z navbatini viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Rajabali Norquvvatovga berdi.Mutaxassis o`z so`zida OITS kasalligining kelib chiqishi, sabablari haqida axborot berdi. Hozirgi kunda yer yuzi aholisining 35 mln dan ortig`i ushbu kasallik bilan kasallanganligi, shu kasallik tufayli 40 mln kishining olamdan o`tganligini bildirib, bu ko`rsatkich 2014-yildan buyon qisqarganligini keltirib o`tdi. Kasallikning uzoq vaqt yashirin holatda bo`lishi, jinsiy, vertikal yo`llar bilan yuqishi, ayniqsa hozirgi vaqtda jinsiy yo`l bilan yuqishining ko`payib ketayotganliklari haqida atroflicha ma`lumotlar berib o`tdi. Tadbir so`ngida ishtirokchilar mutahasisdan savollariga javob olishdi.

Mavzuga oid