Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlaridan audio kitob

2016-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Munavvara Qurbonova rahvarligida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi asosida olti nomdagi o‘quv adabiyotining audiokitob shaklidagi nusxalari tayyorlanib, axborot resurs markazlariga taqdim etildi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Mazkur loyiha doirasida tayyorlangan audiokitob shaklidagi electron darslik, uslubiy ko‘rsatma va o‘quv qo‘llanmalar bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalaridagi filologiya ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari axborot resurs markazlari, Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi, Toshkent shahar va viloyatlar ko‘zi ojizlar kutubxonalari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasida, shuningdek, ZiyoNET portali orqali tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid