“Mamlakatimiz Konstitutsiyasi – mustaqil taraqqiyotimizning huquqiy asosidir”mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Mazkur tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori yu.f.d., professor Akmal Xolmatovich Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari: Jamolidinova Odinaxon Rasulovna, Jalilova Dilfuza Karimovna, Jumaniyozov Quvondiq Yo‘ldoshevich hamda Toshkent yuridik universiteti professori, yu.f.d., Omonulla Muhammadjonov, shuningdek, “Huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Statistics

Briefly

Mazkur tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori yu.f.d., professor Akmal Xolmatovich Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari: Jamolidinova Odinaxon Rasulovna, Jalilova Dilfuza Karimovna, Jumaniyozov Quvondiq Yo‘ldoshevich hamda Toshkent yuridik universiteti professori, yu.f.d., Omonulla Muhammadjonov, shuningdek, “Huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Event details

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 9 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4570-sonli Farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi bilan hamkorlikda “Mamlakatimiz Konstitutsiyasi – mustaqil taraqqiyotimizning huquqiy asosidir”mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori p.f.d., professor Shavkat Safarovich Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani yaratishda bevosita ishtirok etgan olim Akmal Xolmatovich Saidovga so‘z navbatini berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Konstitutsiyasini yaratilish tarixi haqidagi fikrlarini bayon etib, bu ishlar sobiq Sovet Ittifoqi hali o‘z kuchini, siyosiy ta’sirini yo‘qotmagan bir davrda muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi bilan boshlanganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, konstitutsiyani yaratishda dunyo mamlakatlarining 97 ta konstitutsiyasining jamiyatda qonun ustivorligini ta’minlashdagi va inson huquqlarini ta’minlanishi borasidagi ijobiy tajribalari o‘rganilganligi hamda xalqaro miqyosdagi huquqiy xujjatlarga zid bo‘lmagan huquqiy qoidalar asosida yaratilganligini to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va universitetga Inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz tomonidan chop etilgan 26 nomdagi huquqiy mavzulardagi kitoblarni taqdim etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O.R.Jamoldinova, Toshkent yuridik universiteti professori, yu.f.d., O. Muhammadjonov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili” mavzusida, “Huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi N.Jamolov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarining ta’minlanishi” va “Ma’naviyat asoslari” mutaxassisligi 1 kurs magistranti O. Abdug‘aniev “Konstitutsiyada yoshlar huquqlarini kafolatlanishi o‘rni va roli” mavzularida ma’ruza qildilar. Tadbir yakunida universitet rektori “Huquq fanlari” kafedrasi mudiri yu.f.n. dotsent Xamidaxon Nabievna To‘ychievani “Xalq ta’limi” jurnali tahrirriyati tomonidan o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovida faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritganligini e’lon qildi va X.To‘ychievaga maxsus sertifikatni topshirdi.

Similar news