“Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi a’zolari akademik litseyga tashrif buyurishdi

Nizomiy nomidagi TDPU ning “Fizika-matematika” fakulteti “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi a’zolarining Universitet rektorining 27.03.2015 dagi 131-У sonly buyrug’ining ijrosi yuzasidan 2015 yilning 10-aprel juma kuni TDPU qoshidagi 1-sonli akademik litseyga tashrifi to’g’risida

Statistics

Briefly

Nizomiy nomidagi TDPU ning “Fizika-matematika” fakulteti “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi a’zolarining Universitet rektorining 27.03.2015 dagi 131-У sonly buyrug’ining ijrosi yuzasidan 2015 yilning 10-aprel juma kuni TDPU qoshidagi 1-sonli akademik litseyga tashrifi to’g’risida

Event details

Universitetning “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi a’zolari B.Nurillayev va Q.Maxkamovlar Universitetimiz rektori Sh.S.Sharipovning 27.03.2015 dagi 131-У sonly buyrug’ining ijrosini bajarilishi yuzasidan 2015 yilning 10-aprel (juma kuni) Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi 1-sonli akademik litseyga tashrif etishdi. Akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishi 2-bosqichida taxsil olayotgan 2.03 guruh o’quvchilari bilan uchrashuv o’tkazildi. Ularni kasbga yo’naltirish yuzasidan davra suxbati tashkil etildi hamda universitetimizda faoliyat olib borayotgan fakultetlar va mavjud ta’lim olish mutaxassisliklari haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga universitetimiz talabasi bo’lishlari uchun kelajakda bizning universitetimiz abiturenti bo’lishlari kerakligi aytildi. Akademik litsey o’quvchilari bilan o’tkazilgan kasbga yo’naltirilgan davra suxbatida o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ondi va universitetimiz tashkiliy tuzilishi haqida hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risida ko’plab savollar berildi va ularga javoblar olishdi. O’quvchilarda tug’ilgan fanga oid savollar yuzasidan qizg’in disskussiya tashkil etildi. 2.03-guruh o’quvchilar bu jarayonda o’zlarini ta’lim olishni kelajakda davom ettirish niyatlari borligini yaqqol namoyon etishdi. Davra suxbatidan so’ng guruh o’quvchilariga fizika fanidan “Atomning planetar tuzilishi” mavzusida zamonaviy ped texnologiyalarni qo’llanilgan va innovatsion texnilogiyalar asosida AKT dan foydalanib o’quv darsi tashkil etildi. Mavzu yakunida o’quvchilarda tug’ilgan savollarga har tomonlama javob berildi hamda o’quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqish yanada ortdi. Akademik litsey o’quvchilari bilan bo’lgan uchrashuvdan so’ng litseyning fizika o’qituvchilari bilan yana suxbat tashkil etildi. Bunda universitetimiz tomonidan ularga o’quv-uslubiy, ilmiy-metodik va boshqa yordam berishga tayyor ekanligimiz aytib o’tildi. Hamkorlik shartnomasi asosida akademik litsey o’quvchilarini universitetimizga ekskursiyasini tashkil etish va “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasiga tashrif buyurish chog’ida o’quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida ko’rgazma va laboratoriya ishlarini namoyish etishga tayyor ekanligimiz takidlandi. 2015 yilning 10 aprel kuni TDPU qoshidagi 1-sonli akademik litseyga nafaqat “Fizika va matematika” fakulteti a’zolari tashrif buyurishdi, balkim boshqa fakultet a’zolari ham universitetimiz rektorining buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida davra suxbatlari, akademik litsey o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etishdi. Mana shunday fakultetlar qatoriga “San’at” va “Kasb ta’limi” fakultetlarini ham qo’shish mumkin. Ulardan tashqari akademik litseyda amaliyot o’tayotgan bitiruvchi talabalarimiz ham bu tadbirda faol bo’lishdi. Shu bilan akademik litsey va universitetimiz jamoasi o’rtasidagi hamkorlikka yana bir yangi ko’rinish berildi. Bunday uchrashuvdan ko’zlangan maqsadga erishildi hamda har ikki tomonlama yangi istiqbolli rejalarni amalga oshirish bir pog’onaga oldinga siljidi. “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi a’zolari: Nurillayev B. Maxkamov Q.

Similar news