Buxoro viloyati Olot tumanida Konstitutsiya targ‘iboti davom etadi

Targ‘ibot haftaligining to‘rtinchi kuni Olot tumani yoshlari bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Kunning birinchi qismida targ‘ibotchilar Olot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida Konstitutsiya va saylov jarayonlari yuzasidan fikr almashdilar.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Olot tumani targ‘ibot ishlarida Islombek Bobojonov bilan birgalikda Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti Avezov Dilshod, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Jo‘raxo‘jayev Ma’ruf ishtirok etdi. Avezov Dilshod va Jo‘raxo‘jayev Ma’ruf O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati, boshqa davlat konstitutsiyalaridan farqli tomonlari xususida fikr yuritdilar. Islombek Bobojonov esa 21-dekabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlari va ularning huquqiy asoslari, saylov qonunchiligidagi oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berib o’tdi. Kunning ikkinchi qismida Olot pedagodika kollejida yuqoridagi mavzular yuzasidan tashkil etilgan davra suhbati ham qizg‘in suhbatlar ostida kechdi. Targ‘ibotchilar o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

Mavzuga oid