TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN HAMDA TABAQALASHTIRILGAN KONTRAKT ASOSIDA O‘QISHNI XOHLOVCHILAR DIQQATIGA!!!
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 2020/2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari test sinovlarida to‘plagan natijalari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga onlayn xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

🏢 Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 2020/2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari test sinovlarida to‘plagan natijalari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga onlayn xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
🌐✅ Test natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlar to‘lov-kontrakt shartnomalarini quyida ko‘rsatilgan elektron manzil @TDPUTF_Qabul2020_bot murojaat qilish orqali olishlari mumkin:
📨Talab etilgan hujjatlarni quyidagi elektron manzil taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
📝 Talab etiladigan hujjatlar:
1.Direktor nomiga yozilgan ariza (to‘lov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar bundan mustasno);
2.Fuqarolik pasporti nusxasi;
3.dtm.uz tomonidan taqdim qilingan test natijalari ko‘rsatilgan javoblar varaqasi;
4.Abiturient ruxsatnomasi.
⚠️ Hujjatlaringizni birlashtirgan holda, bitta fayl qilib, PDF shaklda yuborishingiz so‘raladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun filial Call markazining quyidagi (76)-221-90-78, (76)-221-93-65 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Yoshlar o`rtasida dasturiy ta`minot ishlab chiqish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi
20 iyun 2013 yil
18981
Call markaz:
(+998) 71 2024421
Email:
info@tdpu.uz
Manzil:
Termiz shahar, Islom Karimov ko`chasi, 288B-uy