Xodimlar bo`limi

Xodimlar bo’limi nizomi
TARIX Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 170 qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Filial tashkil topganidan buyon xodimlar bo’limi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Xodimlar bo’limi filialning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga, “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizom, filial ustavi, mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, director buyruqlari va ko’rsatmalari hamda o’z Nizomiga amal qilgan holda faoliyat yuritadi. Bo’lim bevosita filial direktoriga bo’ysunadi va unga direktor tomonidan tayinlanadigan inspektor faoliyat ko’rsatadi. Hozirgi kunda xodimlar bo’limida Kiyomov Abdulla Xaytaliyevich inspektorlik qilmoqda.
FAOLIYAT Professor-o’qituvchilar hamda ma’muriy-xo’jalik va o’quv yordamchi xodimlar bilan filial direktori o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari, mehnat munosabatlariga oid buyruq loyihalarini, mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish;
Filial professor-o’qituvchilari, ma’muriy-xo’jalik va o’quv yordamchi xodimlari tarkibini shakllantirish, ularni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish va boshqalar yuzasidan filial rahbariyatiga takliflar taqdim etish; Professor-o’qituvchilar va xodimlar qo’nimsizligining oldini olish, xodimlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, zamonaviy talablarga mos kadrlarni shakllantirish hamda ular xizmatidan oqilona foydalanish borasida filial rahbariyatiga takliflar tayyorlash: Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikda filial rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari va xodimlarining Davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko’maklashish; Vazirlik va bosh universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida takliflar berish Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan filial professor-o’qituvchilari va xodimlarining hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va vazirlikka topshirish; Filial professor-o’qituvchilari va xodimlarining vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etish; Pensiya yoshiga yetgan professor-o’qituvchilar va xodimlarning pensiyaga oid hujjatlarini rasmiylashtirish; Filial kafedralaridagi bo’sh (vakant) o’rinlarga professor-o’qituvchilarni ishga qabul qilish uchun matbuot orqali tanlov e’lon qilish;
Bakalavriat va magistratura bosqichlari o’quv rejasida ko’rsatilgan barcha fanlarni o’zlashtirgan, Davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga davlat namunasidagi diplomlar va ularning ilovalarini rasmiylashtirib berish va tarqatish; kurslarini tamomlagan shaxslarga diplom va sertifikatlar rasmiylashtirib berish va tarqatish; Bakalavriatga qabul qilingan shaxslarning hujjatlarini belgilangan tartibda qabul komissiyasidan qabul qilib oladi va filial t arxiviga topshirilguniga qadar 10 yil davomida saqlaydi; Boshqa oliy o’quv yurtiga o’qishi ko’chirilgan yoki filialdan chetlashtirilgan talabalarning hujjatlarini rasmiylashtirish (akademik ma’lumotnomalar va h.k.) va ularga taqdim etish hamda ularning hisobotini yuritish; Professor-o’qituvchilar va xodimlarga oid hamda bitiruvchi talabalarga berilgan diplomlar va sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash hamda bitiruvchilarga oid boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritish yuzasidan turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan so’rovnomalarga javob xatlari tayyorlash va jo’natish;
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar va sertifikatlar rasmiylashtirib berilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratish; Bitiruvchilar tomonidan yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan diplom (ularning ilovalari) va sertifikatlarning dublikatlarini rasmiylashtirib berish; Bitiruvchi talabalarga rasmiylashtirib berilgan diplomlar (ularning ilovalari) blanklari to’g’risida bo’limda saqlanayotgan qoldiq blanklar hisobotini yuritish; Bosh universitet veb-saytining “Interaktiv xizmatlar” ruknidagi “Vakant lavozimlar” va “Diplom olganlik to’g’risida ma’lumot” qismlariga muntazam ravishda yangi ma’lumotlar kiritib borish; O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Termiz shahar boshqarmasiga qarashli Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga bo’sh (vakant) ish o’rinlari to’g’risida hisobot berib borish.
NIZOM Kadrlar bo’limi (bundan keyingi o’rinlarda – bo’lim deb yuritiladi) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita filial direktoriga bo’ysunadi. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizom, universitet Ustavi hamda mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga, universitet rektori buyruqlari va ko’rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
VAZIFA Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash; Bo’lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish; O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish.