Buyurtmalarni shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo`limi

O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mulkchilik shakldagi korxona, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning filialda tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini o'rganish, filial va buyurtmachi korxona tashkilotlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun amaliy tadbirlar ishlab chiqish, Filialda tayyorlanadigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari mutahasisliklari bo'yicha talabalar qabuli va bittiruvchilarni ishga joylashtirishga ko'maklashish bo'yicha korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va boshqalar.

Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi 48-sonli "Ta'lim xizmatlar ko'rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi Qarori va shu qaror ijrosi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 1998-yil 3- fevraldagi 12-raqamli buyrug'ining bugungi kun sharoitlari va talablaridan kelib chiqib amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kontrakt shartnoma xujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil etish, kontrakt shartnomasida o'qiyotgan talabalarga talabaning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirish ishlari olib borish, kontrakt shartnomada ko'rsatilgan pul tushumlarining bo'limda rasmiylashtirilishini nazorat qilish, qabul kommisiyasi bilan hamkorlikda qabul jarayonlarining uyushqoqlik bilan sifatli o'tkazilishida ishtirok etish va boshqalar.