Monitoring va ichki nazorat bo`limi

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 5 мартдаги 170-сонли қарорига асосан Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг Термиз филиалини ташкил этилди.
Сурхондарё вилоятида мактабгача ва умумий ўрта таълим тизимини янада такомиллаштириш, болаларни мактабга тайёрлаш даражасини тубдан яхшилаш, таълим-тарбия жараёнига замонавий таълим дастурларини татбиқ этиш, ёшларнинг интеллектуал, ахлоқий, эстетик ва жисмоний қобилиятларини ривожлантириш борасида таълим муассасаларини малакали педагог кадрлар билан таъминлаш йўналишларида ҳал этилиши лозим бўлган қатор долзарб масалалар мавжудлигини ҳисобга олиб Ўзбекистон Республикаси Президентининг ташаббуси билан мазкур филиал ташкил этилди.
Шу билан бирга, Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Мактабгача таълим тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2017 йил 9 сентябрдаги ПҚ-3261-сон қарорига мувофиқ 2018 йилдан бошлаб, ҳудудда давлат-хусусий шериклик шартлари асосида мактабгача таълим муассасаларини ташкил этиш белгиланган бўлиб, бу қўшимча равишда олий маълумотли мутахассислар тайёрлашни тақозо этади.
Ҳудуддаги таълим муассасаларининг малакали педагогларга бўлган эҳтиёжларини қондириш, туманлар ва қишлоқ жойлардаги таълим муассасаларини юқори малакали педагог кадрлар билан таъминлаш ҳамда халқаро стандартлар даражасига мос олий маълумотли педагог кадрлар тайёрлаш тизимини жойларда ташкил этишни янада такомиллаштириш, таълим сифатини яхшилаш, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2017 йил 20 апрелдаги ПҚ-2909-сон қарорида белгиланган вазифаларнинг ижросини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Иқтисодиёт вазирлиги, Молия вазирлиги ва Сурхондарё вилояти ҳокимлигининг Термиз шаҳрида Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг Термиз филиалини (кейинги ўринларда Филиал деб аталади) ташкил этиш тўғрисидаги таклифига розилик берилган.
Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети Термиз филиалининг тузилмаси таркибида мониторинг ва ички назорат бўлими ҳам ташкил этилди.
Мониторинг ва ички назорат бўлими филиалда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси,”Таълим тўғрисида”ги Қонуни ҳамда “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”ни,Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармон,Қарор ва Фармойишларини, Вазирлар Маҳкамасининг қарорларини, фармойишларини,вазирлик ва филиалдан чиқарилган буйруқлар, таълим тарбия тизимидаги меъёрий ҳуқуқий ҳужжатлар ижросини ва филиал факультетлари,кафедралари ва таркибий бўлинмаларининг ўқув- услубий,маънавий-маърифий, илмий,молиявий ҳамда кадрлар малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш соҳаларидаги вазирлик Ҳайъат қарорлари ижросини назорат қилади ҳамда мониторингини олиб боради.

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Monitoring va ichki nazorat bo‘limi faoliyati
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tomonidan filialda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining нay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnoma xat, modemogramma va telefonogrammalari, filial direktorining buyruqlari, Kengash qarorlari ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanib borilmoqda.
Filialda mehnat va ijro intizomini ta’minlash, monitoringini olib borish ishlari qisqa vaqt ichida muvofiqlashtirildi, ijro intizomi samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi filialda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, filial fakulteti, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliyaviy hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohalarida vazirlik Hay’ati qarorlari, vazirlik hamda filial bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim-tarbiya tizimidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi ta’minlanishi o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Jumladan:
- Filialda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
- Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish ishlari amalga oshirilmoqda.
- Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish ishlari tizimli davom etib bormoqda.
- Filialda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.
- Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish ishlari nazorati kuchaytirilgan.
filialda ijro intizomini tubdan yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qilindi va reja asosida amaliyotga tatbiq etilib kelinmoqda
filialda ijro intizomini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etishib borilmoqda.
TDPU Termiz filiali Monitoring
va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i X.Q.Mulkamonov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI


Monitoring va ichki nazorat bo‘limi to‘g‘risida
N I Z O M

Termiz - 2019

“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori
_________ Q.Sh.Baymirov
“____”________2019 yil


Monitoring va ichki nazorat bo‘limi to‘g‘risida
NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.1. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining Monitoring va ichki nazorat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Oliy ta’lim me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan amaliy-tashkiliy hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni nazorat qilishni, shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib, kadrlar tayyorlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi.
1.2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi filialning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi va bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.
1.3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi filialda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, mamlakatimiz Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarini va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini hayotga tatbiq etilishi, shuningdek, filial fakulteti, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliyaviy hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohalarida vazirlik Hay’ati qarorlari, vazirlik hamda filial bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim-tarbiya tizimidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qiladi hamda monitoringini olib boradi.
1.4. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
1.5. Mazkur Nizom yagona, tashkiliy-uslubiy asosda filial monitoring va ichki nazorat bo‘limining faoliyatini yoritib beruvchi asosiy me’yoriy-xuquqiy tamoyillarni belgilaydi.



2. Bo‘limning asosiy maqsadi va vazifalari

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qaror va farmoyishlari, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni izchil tashkil eta oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlarini, me’yoriy-huquqiy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida va talab darajasida ijro etilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borishdan iborat.
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
 filialda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, filial buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
 filial tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, filial moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
 professor-o‘qituvchilar ta’lim sifatining ichki nazoratini tashkil etish.

3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni filial direktorati, fakultet, kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan quyidagi yo‘nalishda amalga oshiradi:

3.1. Filialda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
3.2. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish.
3.3. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.
3.4. Filialda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
3.5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish va ular faoliyatini reyting asosida baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3.6. Filialda moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish hamda istiqbol taraqqiyotiga amaliy takliflar berish.
3.7. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga yozma takliflarni taqdim etish.


4. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tahliliy va nazorat
tadbirlarining natijalari bo‘yicha:

4.1. Filialda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Nazorat va monitoring bo‘limiga o‘z muddatida sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.
4.2. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi va filial direktoriga taqdim etadi.

5. Bo‘limning huquqlari

5.1. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar yuzasidan ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnoma xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek filial buyruqlarining fakultetda, kafedralar, bo‘limlarda ijrosini nazorat va tahlil qilish.
5.2. Filialning fakultet va kafedralarida Davlat ta’lim standartlariga hamda ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish.
5.3. Filial va unga tegishli barcha ta’lim muassasalarida bo‘ladigan turli tadbir va kengashlarda ishtirok etish.
5.4. Filialda mehnat va ijro intizomi holatini o‘rganish maqsadida fakultet, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan kerakli hujjatlarni talab qilish.
5.5. Monitoring va ichki nazorat bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun, belgilangan tartibda tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, ishchi guruhlar tuzish.
5.6. Barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida bajarilishini nazorat qilish.
5.7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika OTMlariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha Qarori chiqishi munosabati bilan, qarorning ijrosida bevosita ishtirok etgan holda monitoring ishlarini olib borish.

6 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini vazirlikning tegishli bo‘limi bilan kelishilgan holda hamda filial direktori tasdiqlagan yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.

7. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi faoliyati har o‘quv yilining oxirida filial kengashida muhokama qilinadi va bu haqidagi hisobot vazirlikka taqdim etiladi.

8. Ichki nazorat va monitoring bo‘limining tarkibiy tuzilmasi

8.1. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi mansab jadvali – bo‘lim boshlig‘idan iborat.
8.2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limining mansablar tarkibi moliya vazirligining talabalar soniga binoan oliy ta’lim muassasasiga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.
8.3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi.










9. Bo‘lim shtat birligidagi xodimlarning egallagan lavozimi bo‘yicha funksional vazifalari:

9.1. Bo‘lim boshlig‘i:

 bevosita filial direktoriga buysunadi;
 bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtiradi va uning samarali bajarilishiga rahbarlik qiladi;
 bo‘lim xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘tadil ijodiy muhit va mehnat intizomini ta’minlaydi;
 filial veb saytida bo‘linmalarda mehnat va ijro intizomiga oid ma’lumotlarni aniqlaydi;
 yuqori tashkilotlarga taqdim etiladigan ma’lumot va hisobotlarning belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda taqdim etilishiga javob beradi;
 bo‘lim shtat birligi, lavozim vazifalari asosida bo‘lim xodimlarining huquq va majburiyatlarini aniqlaydi, ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xususida filial direktoriga yozma taklif beradi;

9.2. Uslubchi:
 bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi;
 har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtirishda, uni samarali bajarilishida bo‘lim boshlig‘iga tayanch bo‘ladi;
 yuqori tashkilotlarga yuboriladigan ma’lumot va hisobotlarni belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda tayyorlanishini ta’minlaydi;
 bo‘lim xodimlarini uslubiy qo‘llash, bo‘limda namunaviy mehnat, ijro intizomini shakllantirish va boshqa amaliy-tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari hamda buyruqlarining filialda ijro holatini nazorat qilish va monitoringini olib;
 filialda ta’lim va tarbiya jarayonida integratsion va innovatsion texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish.


Mazkur Nizom filial kengashining 2018 yil
_________ ___ sonli qarori bilan tasdiqlangan.


Yuklab olish uchun fayllar

1.Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi va vazifalari
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qaror va farmoyishlari, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni izchil tashkil eta oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlarini, me’yoriy-huquqiy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida va talab darajasida ijro etilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borishdan iborat.
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
 filialda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, filial buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
 filial tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, filial moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
 professor-o‘qituvchilar ta’lim sifatining ichki nazoratini tashkil etish.

2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni filial direktorati, fakultet, kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan quyidagi yo‘nalishda amalga oshiradi:

2.1. Filialda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
2.2. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish.
2.3. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.
2.4. Filialda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
2.5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish va ular faoliyatini reyting asosida baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2.6. Filialda moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish hamda istiqbol taraqqiyotiga amaliy takliflar berish.
2.7. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga yozma takliflarni taqdim etish.


3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tahliliy va nazorat
tadbirlarining natijalari bo‘yicha:

3.1.Filialda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Nazorat va monitoring bo‘limiga o‘z muddatida sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.
3.2.Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi va filial direktoriga taqdim etadi.

4. Bo‘limning huquqlari

4.1. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar yuzasidan ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnoma xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek filial buyruqlarining fakultetda, kafedralar, bo‘limlarda ijrosini nazorat va tahlil qilish.
4.2. Filialning fakultet va kafedralarida Davlat ta’lim standartlariga hamda ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish.
4.3. Filial va unga tegishli barcha ta’lim muassasalarida bo‘ladigan turli tadbir va kengashlarda ishtirok etish.
4.4. Filialda mehnat va ijro intizomi holatini o‘rganish maqsadida fakultet, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan kerakli hujjatlarni talab qilish.
4.5. Monitoring va ichki nazorat bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun, belgilangan tartibda tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, ishchi guruhlar tuzish.
4.6. Barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida bajarilishini nazorat qilish.
4.7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika OTMlariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha Qarori chiqishi munosabati bilan, qarorning ijrosida bevosita ishtirok etgan holda monitoring ishlarini olib borish.

5 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini vazirlikning tegishli bo‘limi bilan kelishilgan holda hamda filial direktori tasdiqlagan yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.

6. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi faoliyati har o‘quv yilining oxirida filial kengashida muhokama qilinadi va bu haqidagi hisobot vazirlikka taqdim etiladi.

7. Ichki nazorat va monitoring bo‘limining tarkibiy tuzilmasi

7.1. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi mansab jadvali – bo‘lim boshlig‘idan iborat.
7.2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limining mansablar tarkibi moliya vazirligining talabalar soniga binoan oliy ta’lim muassasasiga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.
7.3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi.