O'qitishning texnik vositalari bo`limi

Oliy ta’lim muassasasining muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
Filialning muhim ob’ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Filialning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
Filialning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’ekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
mavjud ob’ektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
bo‘ysunuvchi sho‘balarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;Filialning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
o‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish; o‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
inshoatlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
Filialda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
O‘z bo‘ysunuvidagi sho‘balar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;Filialga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.