Texnik foydalanish va xo`jalik bo`limi

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 05.03.2018 170-son qarori bilan 2018-yil 1-fevralda I.Karimov ko‘chasi 288-b uyda faoliyat ko‘rsata boshladi. Filial 1 ta o‘quv binosi va 1 ta talabalar turar joyi binosidan iborat xududi 31532.82 m kv ni tashkil qiladi.
Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi filial tashkil bo'lgan vaqtdan beri o'z faoliyatini olib boradi. Bo'lim tashkil topkan davirdan to hozirgi paytgacha universitetning obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, o'quv binosi va talabalar turar joylarini kuzgi-qishgi mavsumga tayorlab borish ishlari bilan shug'ulanib kelinmoqda.

1.Filialga tegishli o'quv bino, talabalar turar joylari va ularning xududlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish.
2.Bo‘lim moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, kafedra, laboratoriya, ma’ruza xonalarida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, talabalar turar joyida yashash uchun zaruriy ijtimoiy-maishiy sharoitni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, davlat mulkini asrab avaylash, saqlash filial xududida, o‘quv binosida, talabalar turar joyida tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarib, xududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtiradi.
3.O'quv binosi va talabalar turar joyini o'quv yiliga tayorlab borish. Talabalar turar joyi, o'quv binosi gigenik holatini doimiy nazorat qilish. O'quv binosi va talabalar turar joyiga kirib chiqishni muntazam nazorat qilish.
4. Filialning tegishli hududlarida, o‘quv binosi va talabalar turar joyida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib borish.
5.Filial o‘quv binosining inventarlarini moddiy javobgarligi va sanitar xolda saqlash.
6. .Filial o‘quv binosini ish holatida saqlash va tozaligini ta’minlash.
7. .Filialni xo‘jalik ishlarini bajarish.
8. .Filial xo‘jalik ishlarini boshqarish.
9. .Filial moddiy texnika ta’minoti bilan shug‘ullanish.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali



“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori
_____________ Q.Baymirov
“___”_________ 2018 yil











Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi
NIZOMI












Termiz-2018 y

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi
NIZOMI
I. Umumiy qoydalar

1. Mazkur yo‘riqnoma universitetning texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi siyosati va rivojlanish yo‘nalishlarini, rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish, universitet atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish, universitet binosi va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish, o‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binosini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishini tartibga soladi.

II. Lavozim vazifalari.

2. .Filialning tegishli hududlarida, o‘quv binosi va talabalar turar joyida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib boradi. O‘quv binosi va TTJlarda joylashgan ijarachilar va oshhonalarni shart-sharoitlarini o‘rganib, shartnomalarni nazorat qilib borish;
3. O‘quv bino va talabalar turar joylarini o‘quv yiliga tayyorlab boradi.
4. Chordoqlar holatini o‘rganib, gigenik holatini doimiy nazorat qilish ularni xavfsizlik choralarini ko‘rish va kafolat xatini taqdim qilib borish;
5. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, deraza va eshiklarni ta’mirlash, duradgorlik va santexnika ishlarini doimiy nazorat qilib boradi. Xo‘jalik bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchi xodimlar bilan dolzarb vazifalarni bajarishga qaratilgan yig‘ilishlar o‘tkazib borish;
6. .Filial atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
7. .Filial bino va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
8. O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binosini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
9. Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
10. Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
11. obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga xo‘jalik xodimlarini jalb qilib boradi. Xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan o‘quv binosi va talabalar turar joyidagi mavjud ashyolar hamda imkoniyatlardan tejab-tergab samarali foydalanishda orttirilgan tajribalarni amaliyotga tadbiq etib borish;
12. O‘z bo‘ysunuvidagi shu’balar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
13. OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.

III. Lavozimga oid (funksional) majburyatlar

14. Xo‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va meyoriy
hujjatlarni, .Filial ichki tartib-qoidalarini bilishi;
15. Vazirlikning buyruqlari, lavozim vazifalarini, tegishli sanoat tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi xukumat qarorlarini, yuqori tashkilotlarning OTM faoliyatini texnik jixatdan ta’minlashga taalluqli qarorlar, farmoyishlari, buyruqlari, boshqa rahbari va meyoriy hujjatlarni bilishi.

IV. Malaka talablari.

16. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatli, ijodiy
qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatiy harakat qilish, filial strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
17. Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlashi;
18. Ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni bilishi;
19. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
20. O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

V. Lavozimiga doir o‘zaro munosabatlar va aloqalar

21. Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i ishiga doimiy rahbarlik qilish universitet moliyaviy iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.
22. Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i oldiga qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilish uchun shaxsan javobgardir.
23. Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi faoliyati hamda ushbu Nizomda kelib chiqadigan vazifalarni hal etish bo‘lim boshlig‘i vakolatlidir. U faoliyatiga oid meyoriy va uslubiy yo‘riqnomalarning ishlab chiqilishiga bevosita rahbarlik qiladi.
24. Yuqori turuvchi vazirlik, vazirlik qoshidagi tashkilotlar, shahar, tuman, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmati faoliyati bilan bog‘liq korxonalar bilan universitetning faoliyatiga tegishli aloqalarni olib boradi.

____________________________

1.O'quv binosi va talabalar turar joylarini o'quv yiliga tayorlab borish. Talabalar turar joylari, o'quv binolar gigenik holatini doimiy nazorat qilish. O'quv binosi va talabalar turar joylariga kirib chiqishni muntazam nazorat qilish.
2.Filialning tegishli hududlarida, o‘quv binosi va talabalar turar joyida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib borish.
3. Chordoqlar holatini o‘rganish, gigenik holatini doimiy nazorat qilish ularni xavfsizlik choralarini ko‘rish va kafolat xatini taqdim qilib borish.
4.Filial atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari.
5.Filial binosi va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlari.
6.O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binosini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlari.
7.Filialo‘quv binosining inventarlarini moddiy javobgarligi va sanitar xolda saqlash.
8.Filial xo‘jalik ishlarini boshqarish.
9.Filial moddiy texnika ta’minoti bilan shug‘ullanish.