Ishlar boshqarmasi

Yuqori tashkilotlarning xo`jalik sohasida xizmat ko`rsatishga taaluqli qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, me`yoriy hamda rahbarlik hujjatlari. Xizmat ko`rsatish to`g`risida o`ga tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish. Tabel hisobini tashkil etish, xizmatchilar uchun hisob-kitoblarni rasmiylashtirish.Iqtisodiyot asoslarini, mehnat to`g`risidagi qonun asoslarini va mehnatni muhofaza qilish. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga amal qilgan holda vijdonan mehnat qilish. Filial binolarida o`tkaziladigan shanbalik va boshqa tozalik tadbirlariga aktiv vijdonan yondashish.

NIZOM
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chiqilgan bo‘lib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
II.Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi maqsadi va vazifasi

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i bo‘lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ichki ish rejasi va nizomini tuzish hamda ishlab chiqish, xo‘jalik sohasida xizmat ko‘rsatishni hamda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda me’yorlariga muvofiq oliy ta’lim bo‘linmalari joylashgan binolar bilan xonalarga tegishli holatni ta’minlash va moddiy texnika ta’minoti hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi:
Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i xo‘jalikka oid xizmatlar ko‘rsatilishini hamda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda me’yorlariga muvofiq binolar bilan xonalarga tegishli holatni, hodimlarning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;
Bo‘limlarni moddiy texnika hamda xo‘jalik ashyolari bilan ta’minlaydi, ularni saqlanishini va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida o‘tkazilishini kuzatib boradi;
Xizmatlar ko‘rsatish, xo‘jalik materiallari anjomlar olish to‘g‘risidagi sharnomalar tuzish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilishini tashkil qiladi, shuningdek materiallar bilan anjomlar sarflanishini hisobiniyuritadi va hisobot tuzadi;
Hududiy obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va supirib-sidirish, peshtoqlarni bayramlarda badiiy bezash ishlariga rahbarlik qiladi;
Tabel hisobini tashkil etish,ta’tillarning jadvallarini va ish kuni tartibini tuzish ishlarini bajaradi;
Kichik xizmat hodimlarining ishiga rahbarlik qiladi.

III. Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limining asosiy yo‘nalishlari

Yuqori tashkilotlarning xo‘jalik sohasida xizmat ko‘rsatishga taaluqli qarorlari,farmoyishlari, buyruqlarini, me’yoriy hamda rahbarlik hujjatlarini;
Xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida o‘zga tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish tartibini;
Tabel hisobini tashkil etishni, xizmatlar uchun hisob-kitoblarni rasmiylashtirishni;
Iqtisodiyot asoslarini, mehnat to‘g‘risidagi qonun asoslarini, mehnatni muhofaza qilish;
Xavfsizlik texnikasini ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari hamda me’yorlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga amal qilgan holda vijdonan mehnat qilish;
Filial binolarida o‘tkaziladigan shanbalik va boshqa tozalik tadbirlariga aktiv vijdonan yondashish;

IV. Huquqlari

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i oliy o‘quv yurti tarkibiy bo‘limlariga foydalanish uchun topshirilgan xo‘jalik anjomlarini ehtiyotkorlik bilan avaylab ishlatishni tegishli moddiy javobgar va komendantlardan talab qilish;
Oliy o‘quv yurtiga yetkazilgan moddiy zararni aybdor shaxslardan undirib olish to‘g‘risida hujjat taqdim qilish huquqiga ega.

V. Majburiyatlari

Halol va vijdonan ishlash;
Filialning mehnat tartib intizomiga rioya qilish;
Ish kuni davomida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash;
Mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigienasi va yong‘in xavsizligi yo‘riqnomasi hamda ichki tartib intizomiga qat’iy rioya qilish;
Har kuni ish joyini muayyan tartib va tozaligini ta’minlash;
O‘zini munosib tutish, odob va axloq hamda milliy qadriyatlarimizga amal qilib kishilar bilan muloqot odobiga rioya qilish;
Turli jixoz, asbob uskunalar va aparat dastgohlarini hamda moddiy boyliklarni saqlash ulardan samarali foydalanish majburiyatlarini oladi.

VI. Javobgarligi

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i huquqiy hujjatlarda va ushbu yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi va huquqlardan foydalanmaganligi uchun javobgar bo‘ladi.

Moddiy javobgar shaxs sifatida vazirlik hisobidagi moddiy qiymatliklardan foydalanish, saqlanishini nazorat qilish hisobotini olib boradi.Obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarini o`tkazish tadbirlarini tashkil qiladi. Bo`limlarni moddiy texnika hamda xo`jalik ashyolari bilan ta`minlaydi, ularni saqlanishi va ta`mirlash ishlari o`z vaqtida o`tkazilishini kuzatib boradi.Tabel hisobini tashkil etish, ta`tillarning jadvallarini va ish kuni tartibini tuzish ishlarini bajaradi. Kichik xizmat xodimlarining ishiga rahbarlik qiladi.