Buxgalteriya

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxgalteriya bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Buxgalteriya bo‘limi (bundan buyon matnda - Buxgalteriya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (bundan buyon matnda - vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, karorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri (keyingi o‘rinlarda - vazir deb yuritiladi) buyruqlari va topshiriqlariga, shuningdek ushbu nizomga amal qiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini vazirlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Bo‘limning tuzilmasi
Bo‘lim tuzilmasiga shtatlar jadvaliga asosan - Bosh hisobchi va kassir (ishlab chiqarish - texnik xodim) kiradi.
Bo‘lim xodimlarining ish vazifalari hamda ularning egallab turgan lavozimiga muvofiq malaka va bilim darajasiga bo‘lgan talablar bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlarida belgilanadi.
Bo‘limning barcha xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaktida va sifatli bajarilishi uchun javobgardir.
Bo‘lim xodimlari normativ-hukukiy hujjatlarda va vazirlikning ichki tartib-qoidalarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
III. Bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari
Buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini ta'minlash;
Byudjet mablag‘larining, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘gri sarflanishini ta'minlash;
Vazirlik markaziy apparatda mehnat organlari xodimlarining xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (keyingi o‘rinlarda-Mehnatni rag‘batlantirish) jamg‘armasi mablag‘larining daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chikish;
Hududiy bosh boshqarmalar va tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini vazir tomonidan berilgan vakolat doirasida nazorat kilish;
Vazirlik markaziy apparati hamda Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan vazirlik tizimidagi vazirlik va muassasalarning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tayyorlash va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Vazirlikda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
Moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
Moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va Moliya vazirligiga taqdim etish;
Vazir yoki vazir tomonidan tayinlangan vazir o‘rinbosari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
Asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
Buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek xarajatlar smetalarining (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshka vazifalarning bajarilishini ta'minlash;
Fuqarolarning murojaatlari, taklif, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish;
Buxgalteriya qonun hujjatlari, ushbu nizom, vazirlik ish yuritish yo‘riqnomasi, vazir topshiriqlari hamda bo‘limning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kam ta'minlangan oilalarning mehnatga layokatli a'ozlarini kam ta'minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda kam ta'minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a'ozlarini kam ta'minlanganlikdan chikarish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chikish va tashkillashtirish ishlariga ko‘maklashish;
kam ta'minlangan oilalarni tegishliligi bo‘yicha hisobini olib borish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
kam ta'minlangan oilalarni vazirlik faoliyatiga tegishli qismi bo‘yicha amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashish;
kam ta'minlangan oilalarga homiy tashkilotlar, shu jumladan, chet el insonparvarlik tashkilotlari hisobidan moddiy va manaviy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish tadbirlarida ishtirok etish;
kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash yo‘nalishidagi davlat va xududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini tegishliligi bo‘yicha muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tasdiklangan davlat dasturlarida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarini tegishliligi bo‘yicha ijrosini ta'minlashni muvofiqlashtirish;
kam ta'minlangan oilalarga moddiy va ijtimoiy-mehnat xizmatini ko‘rsatish ishlarini sifatli amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarini amalga oshirishda vazirlik va idoralar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish;
ommaviy axborot vositalarida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining mohiyati, mazmuni va goyalarini targ‘ibot qilish;
aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, aholining kam ta'minlangan qatlamlari muammolarining yechimi borasida tashkil etiladigan Xalqaro va Respublika konferensiyalari, simpoziumlari, seminarlarida qatnashish, tizim mutaxassislari malakasini oshirish ishlarida ishtirok etish.
Bo‘lim zimmasiga qonun hujjatlari va vazir topshirigiga asosan boshka vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
IV. Bo‘limning huquqlari
Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
kam ta'minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Qoraqalpogiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
bo‘lim vakolatiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, taxlil kilish va tegishli xulosalar tayyorlash, rahbariyatga takliflar tayyorlash maqsadida vazirlikka tegishli tizim muassasalaridan kerakli axborot va ma'lumotlarni olish;
ma'lumotlarning asosligi va xolisonaligini o‘rganish maqsadida tizim tashkilotlaridan birlamchi ma'lumotlarni so‘rab olish va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralardan bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kerakli materiallarni, ma'lumot va axborotlarni olish;
aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid maqsadli dasturlarning tizimda bajarilishini taxlil qilish va tegishli ahborotlarni vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.
V. Bo‘limning majburiyatlari
Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:
kam ta'minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chiqish va tashkillashtirish tadbirlarini amaldagi konunchilik asosida tashkillashtirishga ko‘maklashish;
ijro intizomiga rioya qilish, kam ta'minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chiqish va tashkillashtirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, vazir buyruqlari, Hay'at qarorlari va ko‘rsatmalari ijrosini tegishligi bo‘yicha o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
tizim tashkilotlarida ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
kam ta'minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chiqish va tashkillashtirish soxasida tizim tashkilotlarining faoliyati taxlillaridan kelib chiqib, vazirlik Hay'at qarorlari, tegishli buyruq loyixalari, yo‘riqnoma, tartib va boshqa uslubiy-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
VI. Bo‘lim xodimlarining javobgarligi
Mazkur nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan bo‘lim xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu nizom belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi va bo‘lim mavjud bo‘lgan barcha vaqt mobaynida amalda bo‘ladi.
Nizomga bo‘lim qayta tuzilganda (qo‘shib yuborilgan, birlashtirilganda) yoki unga yuklatilgan vazifalar o‘zgarganda va vazirlik rahbariyatining ko‘rsatmalariga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari