Axborot texnologiyalari markazi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 170-son qaroriga asosan filial Axborot texnologiyalari Markazi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filialda onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlangan, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralari ko‘rilgan.
Filialning 4 ta kompyuter o‘quv xonalaridan filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalari foydalanib kelishmoqda. Filialda 120 ta AVTECH manoblok, 30 ta Pentium –IV kompyuter, 4 ta online kompyuter jamlamasi mavjud.Filialning 1 ta o‘quv binosida axborot texnologiyalari Markazi tashkil qilindi. Filialning yagona lokal kompyuter tarmog‘i hosil qilindi. Filialda videokonferens zal jihozlandi va videokonferensiyalar tashkil qilinmoqda. 2018 yilda TDPU Termiz filialining rasmiy web-sayti www.tf.tdpu.uz yaratildi.

Vazifalar quyidagilardan iborat